O‘zbekistonda 1-sentabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi. Shuningdek, ushbu maktablarda ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.
Hukumat qarori bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, imtihonlar aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladi.
1-sentabrgacha Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida ixtisoslashtirilgan 19 ta maktab-internat va 141 ta maktab tashkil etiladi. Bolalar 2022/2023 o‘quv yilida maktablarning aniq fanlar yo‘nalishiga 5−11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7−11-sinflarga qabul qilinadi. Qolaversa, maktablarda sun’iy intellekt, robototexnika, nanotexnologiya, IELTS va TOEFL bo‘yicha qo‘shimcha kurslar o‘tiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting